O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘qonda bu yil birinchi marotaba o‘tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif davomida, shuningdek, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida sanoatni kompleks rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar bilan tanishish, ishlab chiqarish korxonalarini ko‘zdan kechirish, tadbirkorlar, ziyolilar bilan uchrashish ham rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, prezidentning 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga asosan, Qo‘qonda 2019 yildan boshlab har ikki yilda bir marta tashkil etiladi.