Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida «Chiroqchi» erkn iqtisodiy zonasi tashkil etiladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabr kuni bu haqdagi farmonni imzoladi.

Tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish EIZning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

«Chiroqchi» EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Bu muddat davomida uning hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi.