Bugunga qadar Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Shomurodov bunga qadar davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar va Sergeli tuman hokimliklarida, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Sergeli tumanining avvalgi hokimi Nozim Husanov Bandlik vamehnat munosabatlari vaziri etib tayinlangan edi.