Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududiga navbatdagi nam havo oqimining kirib keladi. Havo bulutli bo‘lib, ayrim joylarda shamolning kuchayishi kutilmoqda, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, oxirgi kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘ylab quruq ob-havo kuzatildi, harorat ko‘tarilsada, yilning shu vaqti uchun xos bo‘lgan me’yoriy ko‘rsatkichlardan 3−5 darajaga past bo‘ldi.

14 sentabr kuni kechga borib Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylariga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mukmin. 15 sentyabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Xafta oxiriga kelib haroratning pasayishi kutilmoqda.

Kelasi haftaning boshida respublikada yana yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kechasi 12−15 daraja, kunduzi 24−27 daraja bo‘ladi.

Yaqin kunlarda ob-havo ma’lumotlari