O‘zbekiston Markaziy banki moliyaviy ommaboplikni oshirish bo‘yicha Moliyaviy ommaboplik alyansi (AFI) a’zolari siyosatining asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi «Mayya deklaratsiyasi»ga qo‘shildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.

Markaziy bank delegatsiyasi 11−13 sentyabr kunlari Ruandada «Ayollar va yoshlarni jalb qilish uchun texnologiyalardan foydalanish» shiori ostida bo‘lib o‘tgan AFI yillik forumida deklaratsiyaga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston «Mayya deklaratsiyasi»ni qabul qilgan 78-davlat bo‘ldi.

MB o‘ziga 2020 il yanvariga qadar moliyaviy ommaboplikni oshirish Milliy strategiyasini ishlab chiqish majburiyatini oldi. U lahzalik to‘lov tizimlarini joriy etish, shaxslar kimligini masofadan aniqlashni yo‘lga qo‘yish va ta’limiy saytlarni ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.

AFI — dunyoning 90 ga yaqin rivojlanayotgan davlatlarining moliyaviy organlari boshqaruvchilarini birlashtirgan xalqaro tashkilot. Alyansning asosiy vazifasi aholiga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishini kengaytirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqishdan iborat. O‘zbekiston o‘tgan yilning avgustida AFI a’zosiga aylandi.