O‘zbekiston hukumatining 12 sentyabrdagi qarori bilan Minxajidin Mirzajanovich Xodjimatov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram-kanali xabar qildi.

Markazning avvalgi rahbari Alisher Qodirov may oyida «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari etib saylangan edi.

Shoir va jurnalist Minxajidin Xodjimatov (Minxojiddin Mirzo) 1965 yilda tug‘ilgan, 1990 yilda Toshkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

O‘tgan yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2013−2014 yillarda O‘zbekiston madaniyat va sport vaziri bo‘lgan. 2012−2013 yillarda — Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.