2019 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu tayinlov Islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan ilmiy faoliyatni qayta tiklash va rivojlantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida amalga oshirilgan.