O‘zbekiston prezidentining 12 sentyabrdagi farmoni asosida Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejim joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram-kanalida xabar qilindi.

Farmonga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan XXR Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakat xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilandi.