Vazirlar Mahkamasining 12 dekabrdagi qarori bilan Firdavs Fridunovich Abduxolikov «O‘zbekkino» Milliy agentligining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram-kanalida xabar qilindi.

U mazkur lavozimda 2017 yilning avgustidan buyon ishlab kelayotgan Furqat Zokirov o‘rniga tayinlandi.

Firdavs Abduxoliqov shu vaqtgacha O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi hisoblanadi.