«Kontrakt» va «byudjet» asosida tahsil olayotgan talabalar uchun 400 ming so‘m miqdorida stipendiya belgilandi, deya xabar qildi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

«Stipendiya bo‘lishi va bo‘lmasligini ko‘zda tutuvchi ta’limning yangi tizimi sentyabrdan ishga tushadi, — dedi Sarvar Buzrukxonov. — Byudjet asosida „4“ va „5“ baholarga tahsil oluvchi talabalar uchun davlat byudjetidan stipendiyaning 50 foizi miqdorida rag‘batlantiruvchi mukofot beriladi».

Vazir o‘rinbosari jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda 400 ming so‘mlik stipendiya miqdori qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qayd etilishicha, «kontrakt» asosida «yaxshi» va «a’lo» baholarga ta’lim oluvchi talabalar uchun ham 50 foizgacha (200 ming so‘mgacha) qo‘shimcha to‘lovlar ko‘zda tutilgan, biroq OTMlar jamg‘armalari hisobidan to‘lanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘rganilayotgan uchta fan bo‘yicha «3» baho olsa, kelgusi semestrdan boshlab stipendiyadan mahrum etiladi.