O‘zbekiston velopoygachilari 9−11 sentyabr kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida to‘rtta oltin va uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida milliy terma ikkinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi O‘zbekiston Felosport federatsiyasi.

O‘smirlar terma jamoaga ikkita oltin va ikkita kumush medal olib keldi. Bexzod Rahimboyev skretch va poygada ochkolar bo‘yicha qit’ada birinchi bo‘ldi — u har ikki yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Velopoygachi Yanina Kuskova dunyo reytingida uchinchi o‘rinni egalladi hamda individual ta’qib poygasi va skretchda kumush medallarga sazovor bo‘ldi.

Kattalar o‘rtasida velopoygachi Renat Baymatov individual ta’qib poygasida g‘olib bo‘lib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yana bir «oltin» va Olimpiada-2020 uchun 200 ochkoni Murodjon Xolmurodov qo‘lga kiritdi.

Oxirgi kumush medalni terma jamoaga Dilmurod Siddiqov olib keldi. U omniumda ishtirok etib, Tokiodagi Olimpiada uchu 180 ochkoni qo‘lga kiritdi.