Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda yuz bergan dahshatli YTH videosi tarqalmoqda. Tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, voqea 10 sentabr kuni taxminan soat 7.30 larda Ibn Sino ko‘chasida yuz bergan, deyiladi Zarnews.uz xabarida.

«Neksiya 3» avtomashinasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan «Neksiya» avtomashinasi (taksi) bilan to‘qnash kelgan. Natijada «Neksiya 3» avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan «Matiz» (taksi) avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida «Matiz» avtomashinasidagi yo‘lovchi ayol old oynadan uchib chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.