Hukumatning 2019 yil 9 sentyabrdagi qarori bilan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 87 ta tashkilot mavjud edi.