Alisher Navoiy va Paxtakor metro bekatlarining o‘tish qismida kitob jovonlari va stol-stullar qo‘yilgan bo‘lib, kitobsevarlar bu yerda o‘zlariga manzur adabiyotlarni olib o‘qishlari mumkin.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, mazkur kitob jovonlari muntazam ravishda yangi kitoblar bilan to‘ldirib boriladi.