Futbol bo‘yicha 23 yoshgacha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Eron jamoasi ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. 9 sentyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi.Uchta golga hujumchi Bobur Abduxoliqov (18', 36', 69') mualliflik qildi. Yarim himoyachi Jasur Yaxshiboyev yana bir golni Eron darvozasiga kiritdi (53'). Mehmonlar tomonidan esa yarim himoyachi Mahdiy Gedi (50') javob gol kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 sentyabr kuni bosh murabbiy Lyubinko Drulovich shogirdlari Eron ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Yoshlar termasi 8−26 yanvar kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi Osiyo chempionatiga (U-23) tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turnir 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga chiqish uchun saralash bosqichi hisoblanadi.

Video