2019 yil 10 sentyabr kuni soat 04:00 larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘li 173-kilometrining «Obliq» temir yo‘l stansiyasidan Olmaliq KMKning Kon boshqarmasiga qarashli «Angren Oltin saralash fabrikasi»ga olib boruvchi temir yo‘l shaxobchasining (pod’ezdnoy put) kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

«Toshkent-Vodiy» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan «SAMS» rusumli davlat raqami 01 506 CGA yuk mashinasi Angren shahar hududidan o‘tuvchiA-373 M-39 «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 173 kmda haydab ketayotib, yuk vagonlarni tortib ketayotgan teplovozning 8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan «Damas» rusumli, d/r 50 W 363 MAN avtomobilini bosib qolgan.

Natijada, «Damas» avtomobilda bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, «SAMS» rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ham tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.