Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168 (firibgarlik) hamda 28 (jinoyat ishtirokchilarining turlari) va 211 (pora olish-berishda vositachilik qilish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Said-Abdulaziz Yusupov (1982 y. t.) 10 may kuni firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olingan edi. Ushlanganidan so‘ng darhol e’lon qilingan uning murojaatida u bosimlar to‘g‘risida ma’lum qildi.