2019 yil 9−12 sentyabr kunlari Xalq vakillari umumxitoy majlisi Qishloq xo‘jaligi va qishloqlarda ishlash bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Li Chunshen boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasida tashrif bilan bo‘lib turadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida 10 sentyabr kuni Toshkentda «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyati» mavzusida o‘zbek-xitoy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Xitoyning ochiqlik islohotlari siyosati 40 yilligiga va O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasida yangilangan ichki va tashqi siyosatini ilgari surish tajribasiga bag‘ishlangan.