Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 1 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

2019 yil 8 sentyabr kuni soat 10:50 da, Olmazor tumani, Yolqin ko‘chasi 7-uy 49-xonadon ayvonida uy jihozlari 3 kv.m. maydonida yongan. Yong‘indan xonadonning 30 kv.m. maydoni saqlanib qolingan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 10:56 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 11:02da bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in bolalarning olov bilan o‘ynashi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.