Ertaga Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanadi. O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bundan biroz avval jahon chempionati bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan charm qo‘lqop ustalari o‘z raqiblarini bilib oldi.

Demak, -52 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Rio-2016 olimpiadasi g‘olibi Shahobiddin Zoirov birinchi davrada turkmanistonlik Gulijonovga qarshi ringga ko‘tarilsa, -57 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov esa bahslarga ikkinchi davradan qo‘shiladi. Shuningdek, Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov hamda Bahodir Jalolov kabi yetakchi bokschilar ham birinchi davradan ozod etilgan.

Qur’a natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov — Gulijanov (Turkmaniston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov — De Andrade (Braziliya)/Ivanov (Polsha)

-63 kg: Elnur Abduraimov — Ben Baziz (Jazoir)

-69 kg: Bobousmon Baturov — Arregui (Argentina)/Mikkalef (Chernogoriya)

-75 kg: Fanat Qahramonov — Davaasuren (Mo‘g‘uliston)

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov — Narmandax (Mo‘g‘uliston)

-91 kg: Sanjar Tursunov — Xulio Blanko (Kolumbiya)/Teysheyra Da Silva (Braziliya)

+91 kg: Bahodir Jalolov — Rogava (Ukraina)/Ramazon Purdelavar (Eron).