Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi qarori bilan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, xorijiy investorlarga Markaziy Bank roziligisiz, tijorat banklarining 5 foizgacha miqdordagi aksiyalarini sotib olishga ruxsat beriladi.