Mart oyida Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsion markazi direktori etib tayinlangan Timur Azamatov ushbu lavozimini tark etdi. Ushbu ma’lumotni «Gazeta.uz»ga MUIC vakillari tasdiqladi.

Markazga o‘z vaqtida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida ishlagan Doniyor Junaydullayev rahbar bo‘ldi.

Mirzo Ulugbek Innovation Center prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil iyunidagi farmoni asosida tashkil etilgan edi. Uning birinchi direktori Xurshid Sultonov o‘rniga xuddi shu yilning dekabrida Farhod Ibragimov egalladi. Bir yil o‘tib, Nodir Dehqonov MUIC rahbari bo‘ldi va oradan uch oy o‘tib lavozidan bo‘shadi.