Bugun deputatlar tomonidan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to‘g‘risida"gi Qonuniga yangi moddalar kiritish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar salomatligi va atrof-muhitni transport vositalarning iste’mol xususiyatlarini yo‘qotish oqibatida vujudga kelgan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida:

g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar, ular uchun tirkamalarga nisbatan utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi;

transport vositalariga nisbatan to‘lanadigan utilizatsiya yig‘imining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanishi;

utilizatsiya yig‘imining to‘lanishi ko‘zda tutilgan transport vositalarining turlari va toifalari, shuningdek utilizatsiya yig‘imining undirish nazarda tutilgan.

Hujjat loyihasi deputatlar tomonidan 1-o‘qishda qabul qilindi.