Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe 6 sentyabr kuni 96 yoshida vafot etdi. U Singapurdagi shifoxonada o‘z yaqinlari orasida olamdan o‘tdi, deya xabar qildi RIA Novosti.

1987 yilda Zimbabve hokimiyati tepasiga kelgan Robert Mugabe unga 30 yil hukmronlik qildi. 2017 yil noyabridadavlat rahbarligiga ehtimoliy nomzod bo‘lgan vitse-prezident Emerson Mnangagvani iste’foga chiqardi. Shundan so‘ng armiya bo‘linmalari mamlakatning asosiy magistrallarini bekitdi.

Bir necha kundan so‘ng mamlakatda Robert Mugabega qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi, hukmron partiya undan iste’foga chiqishni so‘radi, biroq u rad etdi. 21 noyabr kuni kechqurun u iste’fo e’lon qildi, so‘ngra parlamentda impichment jarayoni boshlandi.

Lavozimdan ketishda u darhol 5 mln dollarga ega bo‘ldi, har oy 150 ming dollar miqdorida pensiya ham olib turdi. Shuningdek, unga yuridik immunitet joriy etildi.