Botir Erkinovich Zokirov O‘zbekiston qurilish vaziri etib tayinlandi. Prezident 31 avgust kuni bu haqdagi farmonni imzoladi. Qurilish vazirligi matbuot xizmati esa bu haqda 5 sentyabrda e’lon qildi.

Avvalroq ushbu lavozimga uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. Qurilish vaziri lavozimi Abduqahhor To‘xtayev Toshkentning Shayxontohur tumaniga hokim etib tayinlangan may oyidan buyon vakant bo‘lib qolayotgan edi.

Sherzod Xidoyatov. Foto: «O‘zbekiston 24».

Prezidentning xuddi shu kundagi farmoni bilan Sherzod Saidjanovich Xidoyatov qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashkent City Xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilishi direksiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Ungaa esa Akfa kompaniyalar guruhida qurilish bo‘yicha direktori bo‘lgan.