Hukumatning 2019 yil 5 sentyabrdagi qarori bilan O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri davlat muassasasi shaklida tashkil etildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Teatr shu jumladan, badiiy jihatdan yuksak asarlarni sahnalashtirish, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari orqali maqom san’atini targ‘ib qiladi.

Qarorda belgilanishicha, Respublika davlat teatrlarining malakali mutaxassislari jalb qilingan holda maqom teatri ijodkorlariga mahorat darslari o‘tkazib boriladi.