Amerikalik rejissyor Devid Grem Xivadagi Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasida yangi qisqa metrajli «Olovuddin» filmini tasvirga oldi. Bu haqda «Kino san’ati» jurnalining telegramdagi sahifasi orqali xabar berildi.

Film tarixiy janrda bo‘lib, mashhur qahramon Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Yangi qisqa metrajli «Olovuddin» filmining s’yomkalari Xiva shahridagi Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasida bo‘lib o‘tgan.

Kinoda Xiva hamda Buxoro shaharlarining YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari namoyish qilingan.

Kartina tarixiy janrda suratga olingan bo‘lib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Bosh rolni aktyor Kalen Chan ijro etdi.

Film s’yomkalari Buxoroda ham bo‘lib o‘tdi. Kartina premerasi tez orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.