Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari harkuzda umumta’lim muassasalari yaqinida yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan bir qator choralar ko‘riladi. Piyodalar yo‘lakchalarining chizmalari yangilanadi, tumanlar infratuzilmasi yangi yo‘l belgilari va svetoforlar bilan boyitiladi. Ammo an’anaviy yondashuv bilan cheklanib qolish mumkin emas — o‘sib kelayotgan avlod uchun o‘quv dargohlariga olib boradigan yo‘llarni xavfsiz qilish uchun yangi usullarni qo‘llash zarur. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Sinov tariqasida Yashnobod tumanidagi 166-son umumta’lim maktabning yonida haydovchilarni e’tiborli, ehtiyot vaogoh bo‘lishga, o‘qish kunlarida soat 7:30 dan 18:00 gacha tezlikni 30 km/s gacha tushirishga chaqiruvchi «Maktab!» deb nomlanuvchi nostandart yo‘lbelgisi o‘rnatildi.