Toshkentdagi Shoshtepa arxeologik yodgorligi vayron bo‘lmoqda, deb yozdi o‘lkashunos Rustam Husanov Facebook-sahifasida. Uning fikricha, tarixiy yodgorlik beparvolik va harakatsizlik natijasida butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Muallifning aniqlik kiritishicha, Shoshtepa — qadimgi Chochning ilk shaharsizlik inshooti, 2200 yillik tarixga ega otashparastlik ibodatxonasi qoldiqlari hisoblanadi.

«Uning hozirgi vaqtdagi holati — u qulab tushgan. Zudlik bilan professional yordam zarur», — deya ta’kidladi Rustam Husanov. Uning fikricha, Oqtepa-Yunusobod ham restavratsiyaga muhtoj. Arxeologiya instituning noroziliklariga qaramasdan, uning atrofida qurilish ishlari olib borilmoqda.

O‘lkashunos ma’lumotlariga ko‘ra, Ming O‘rik tepaligi ham yoriqlar bilan qoplanmoqda. Rustam Husanov shu munosabat bilan Madaniyat vazirligi qabulida bo‘lgani, fotosuratlar hamda arxeologlar Margarita Filanovich va Abduhakim Anarboyev xulosalarini taqdim etgan. «Madaniyat vazirligi ekspertlari tepalik xavf ostida emas deb hisoblagan yozma javob oldim», — deb yozadi muallif.

Payshanba kuni poytaxt hokimiyati Toshkentdagi tarixiy yodgorliklarni saqlab qolishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. «Hozir mazkur yodgorlikni [Shoshtepa] asrab-avaylash bo‘yicha loyihalash ishlari olib borilmoqda, qulab tushgan tepalik ustini yopish va ob’ekt atrofida sayyohlik hududini tashkil etish rejalashtirilgan», — deya qayd etdi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati.