Samarqandda faoliyat ko‘rsatib kelgan qurilish kompaniyasining rahbariyati ustidan sud hukmi o‘qilib, ularga qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidov xabar berdi.

2019 yil 4 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudlanuvchilar Olim Radjabov (1963 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati — tojik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, muqaddam sudlangan), Ruslan Radjabov (1988 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati — tatar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan), Shavkat Ablaqulov (1973 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, muqaddam sudlanmagan), Miralam Adilov (1964 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati — tojik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, muqaddam sudlangan) va Fayzullo Fayziyev (1968 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, muqaddam sudlangan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Axmedova raisligida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra:

O. Radjabov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a», «v» bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

R. Radjabov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a», «v» bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sh. Ablaqulov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a», «v» bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

M. Adilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a», «v» bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

F. Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a», «v» bandlari, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.