O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Mansur Tuymayev Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bo‘yicha ayblanayotganini ma’lum qildi. Tumayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli ikki qavatli binoni buldozer bilan buzishga harakat qilgan vaqtida tadbirkor uning ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan edi.

Sobiq hokim o‘rinbosariga nisbatan 192−1- modda 3-qism «a» bandi (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda xususiy mulk huquqini buzish) 206-modda 2- qismi (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi «tilxat» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi 30 avgustda ayblov xulosasi bilan JIB Yakkabog‘ tumani sudiga yuborildi. Xuddi shu kuni Yakkabog‘ tuman hokimiyatida Mansur Tuymayev va Bahriddin Isomov yarashdi.