O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov avgust oyi yakunlari bo‘yicha Rossiya premer-ligasining (RPL) eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

24 yoshli Eldor Shomurodov ham ishqibozlar, ham RPL va «Match Premer» kanali ekspertlari tomonidan bir ovozdan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Avgustda «Rostov» uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi — Qozonning «Rubin» (2:1), Samaraning «Krыlya Sovetov» (1:0) va Moskvaning «Lokomotiv» (2:1) jamoalarini mag‘lubiyatga uchratib, Yekaterinburgning «Ural» (2:2) klubi bilan durang o‘ynadi hamda «Ufa»dan yengildi (0:2). Eldor Shomurodov besh o‘yinda beshta gol urib, yettita gol bilan golurarlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

2017 yilda Eldor Shomurodov Rossiyaning «Rostov» jamoasi bilan 2,5 yillik shartnomani imzolagan edi. U ilk golini «Akmara»ga qarshi mehmondagi uchrashuvda kiritdi (1:0). May oyi oxirida «Rostov» u bilan yana uch yilga, iyunda esa besh yilga shartnoma imzoladi.