Dariga Nazarbayeva 2 sentyabr kuni yuqori palata majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qozog‘iston parlamenti Senati raisi lavozimiga saylandi.

Qozog‘iston Konstitutsiyasining 58-moddasiga ko‘ra, spiker lavozimiga uning nomzodini prezident Qasim-Jomart Toqayev ilgari surdi.

Dariga Nazarbayeva 2019 yilning martida ushbu lavozimni egallagan edi. Tengrinews nashrining xabar berishicha, qayta saylov Dariga Nazarbayevaning vakolat muddati tugagani uchun Senat deputatligiga tayinlangani munosabati bilan bo‘lib o‘tdi.

Dariga Nazarbayeva 1963 yilda tug‘ilgan. M. V. Lomonosov nomidagi MDU va Kirov nomidagi QozDUni tamomlagan. Siyosiy kar’erasini 2004 yil sentyabrida Qozog‘iston parlamenti Majlisi deputatligi bilan boshlagan. 2015−2016 yillarda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lgan. 2016 yilning sentyabridan parlament Senati deputati, Xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi hisoblanadi.