O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi uch yildan ortiq vaqtdan buyon konsullik ro‘yxatida turmasdan Rossiyada yashab kelayotgan va fuqaroligi bekor qilinishi mumkin bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida"gi qonunning 21-moddasiga muvofiq, ro‘yxatdagi shaxslarga nisbatan ular fuqaroligini olib tashlashni rasmiylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

To‘liq ro‘yxatni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.