29 avgust kuni Toshkentda og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazi ochildi. Bu yerda ayollarga yuridik, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Depressiyalar va suiqasd profilaktikasi hamda ayollarni ijtimoiy moslashtirish markazning asosiy vazifasidir, deya xabar qildi Toshkent hokimiyati matbuot xizmati.

Reabilitatsiya markaziga Toshkent bo‘limiga 32 nafar ayol va 6 bola, respublikadan esa 10 nafar ayol va 2 bolani joylashtirish mumkin. Ayollar markazda besh kungacha yashashi mumkin. Reabilitatsiyadan so‘ng oilaga qaytishlariga to‘g‘ri keladi, shuning uchun huquqni muhofaza qilish organlari mahalla qo‘mitalari bilan birgalikda oiladagi vaziyatni nazorat qiladi. Ichkilikbozlikka va giyohvandlikka berilgan erkaklar majburiy ravishda davolashga jo‘natiladi.

Reabilitatsiya vaqtida ayollarni tikuvchilik va oshpazlikka o‘qitish rejalashtirilmoqda. Ularga o‘z biznesini ochishlari uchun kredit olishda yordam ham ko‘rsatiladi.

«Besh kun ayollarning boshlang‘ich moslashishlari uchun yetarli, bu dunyoda tan olingan amaliyot. Bu vaqt davomida psixologlar stressni bartaraf etadi, ayolga o‘ziga ishonch va to‘laqonlik hayot kechirish istagini qaytaradi», — dedi shahar ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi direktori Gulchehra Matkarimova.

Bugungi kunda poytaxtda 5 ta tumanlararo reabilitatsiya markazi tashkil etilgan bo‘lib, har bir markazda psixolog, huquqshunos, shifokorlar xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu markazlarga o‘tgan 7 oy davomida 370 nafar fuqaro murojaat qilgan. Ularning 128 nafariga psixologik, 107 nafariga huquqiy, 68 nafariga tibbiy, 15 nafariga bandlik bo‘yicha, 8 nafariga imtiyozli kreditlar olish borasida yordam ko‘rsatilgan. 49 ta oilaning oilaviy muammolari hal etilgan.