Jizzaxda bo‘lib o‘tgan ikkinchi xalqaro investitsion forum yakunlari bo‘yicha xorijiy kompaniyalar 1,112 mlrd dollarlik bitimlarni imzoladi, deya xabar qildi Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev.

Jizzaxda 29 avgust kuni ikkinchi xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tdi. Unda qariyb 30 ta davlatdan 250 ga yaqin biznes vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda jami 10 ta bitim imzolandi, ularning 5 tasi — Rossiya kompaniyalari bilan tibbiyot, mashinamozlik va elektrotexnika sohalaridadir.

Jumladan, «Medinvestgrupp» Jizzax viloyatida 150 mln dollargacha miqdordagi sarmoya bilan onkologiya xizmatini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni mo‘ljallamoqda. «BOOS Layting grupp» (Moskva) 100 mln dollargacha mablag‘ bilan yorug‘lik diodli lampalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. «Vega» radiosozlik konserni bilan markazlashirilgan klinika-diagonostika laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Jizzax viloyati ma’muriyati Rossiyaning «NES Sentr» kompaniyasi bilan 2030 yilgacha agrosanoat majmuasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Bundan tashqari, Ernst and Young Advisory qo‘shma korxonasi hokimiyat bilan imzolangan kelishuv doirasida Jizzax viloyati iqtisodiyoti samaradorligini oshirish sohasida strategiya tayyorlaydi. «Ushbu shartnomalar jalb qilingan mablag‘lar hisobiga ham moliyalashtiriladi», — deya qo‘shimcha qildi hokim o‘rinbosari.

Belarusiyaning «Sifaniya-Ekotexnika» va Turkiyaning Semak Teknoloji Makina Ekipmanlar kompaniyalari Jizzax viloyati hokimiyati bilan qattiq maishiy chiqindilarni saralash va chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Alfa Eco Corporation kompaniyasi Zafarobod tumanida chement zavodini qurish maqsadlari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Bundan tashqari, Germaniyaning HPO Service, Amerikaning Intertech Process Technology, Kanadaning SERPO Mineral Systems va Daniyaning Alliance Capital kompaniyalarining xalqaro konsorsiumi Jizzax viloyatining Uchquloch polimetall rudalar koni bazasida kon-boyitish majmuasini qurishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Azim Ahmadxo‘jayev forumda quvvati 40 MIt bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish bo‘yicha loyihani taqdim etdi. Ushbu markaz «bulutli» servislar va IT-infratuzilmalar xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Loyihaning umumiy qiymati 407 mln dollar bo‘lib, 2024 yilga qadar davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirilishi reja qilingan.

Jizzaxda birinchi investitsion forum 2018 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan edi. Uning yakunlari bo‘yicha 600 mln dollarga yaqin shartnomalar imzolangan.