Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Zokirov nomzodini ma’qulladilar. U bunga qadar vazirlikda vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.