2019 yil 28 avgustda Olmazor tumani, Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan savdo majumasi binosining metal bilan yopilgan tom qismi kulab tushushi oqibatida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarayotgan 4 nafar ishchilar og‘ir turdagi tan jarohatlari olib, vafot etgan. 2 nafar ishchilar esa hodisa joyida bo‘lgan fuqarolarning ko‘magi ostida shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.