O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksiga pasportning amal qilish muddatini to‘xtatish to‘g‘risidagi norma joriy etildi. Tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun 28 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Hujjat 17 avgust kuni Qonunchilik palatasida qabul qilinib, 24 avgustda Senatda ma’qullandi. O‘zgartishlar 29 avgustdan kuchga kiradi.

JPKning yangi 245−1-moddaga muvofiq, ayblanuvchi, gumondorning surishtiruv, dastlabki tergov va suddan oldini olish qochishining, uning kelgusidagi jinoiy harakatlarini to‘xtatish va hukmlarning ijro etilishini ta’minlash maqsadida pasportning amal qilish muddati to‘xtatilishi mumkin.

Pasportning amal qilish muddai ayblanuvchi yoki gumondor pasportdan foydalangan holda O‘zbekistondan chiqib ketishi yoki chegaradan tashqarida harakatlanishi taxmin qilinayotganiga yetarlicha asoslar bo‘lgan taqdirda to‘xtatiladi.

Pasportning amal qilish muddatini to‘xtatish deganda pasport, biometrik pasport, xorijga chiqish uchun biometrik pasport va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatining amal qilish muddatini vaqtincha to‘xtatish nazarda tutiladi.

Pasportning amal qilish muddatini to‘xtatish faqatgina davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchi yoki gumondorga nisbatan qo‘llaniladi.

Pasportning amal qilish muddatini to‘xtatish O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilish yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishni anglatmaydi.