29 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Eronning favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniyni qabul qildi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Vazir elchini qutlar ekan, uni O‘zbekistondagi to‘rt yillik missiyasi muvaffaqiyatli yakunlayotganligi bilan tabrikladi hamda uning faoliyati samarali bo‘lgani va O‘zbekiston-Eron munosabatlarini mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilganini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.

Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy 2015 yilning kuzida Eronning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan edi.