Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi erkaklar o‘rtasida Markaziy va Janubiy Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqa 19−24 avgust kunlari Nepal poytaxti Katmanduda bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Milliy jamoa guruh bosqichida Bangladesh, Turkmaniston va Afg‘onistonni, yarim finalda esa Maldiv orollarini mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda O‘zbekiston voleybolchilari 24:26, 25:27, 19:25 hisobida Qirg‘iziston termasiga imkoniyatni boy berdi.

Musobaqa yakunlari bo‘yicha Dilmurod Sattorov va Islomjon Sobirov «Eng yaxshi libero» va «Eng yaxshi hujumchi» nominatsiyalarida mukofotlarni qo‘lga kiritdi.