Joriy yilning 28 avgust kuni soat 13:18 da Toshkent FVB navbatchilik qismining bergan birlamchi ma’lumotiga кўра, Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan «Riviera» savdo majmuasining qurilish jarayonida metal konstruksiyani qulashi sodir bo‘lgan.

Natijada, 4 nafar ishchi xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohat olgan. Hodisa joyiga Faqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shahar FVB xodimlari chiqishgan. Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.