2019 yilning 26 avgust sanasida «Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risida"gi (Kishinyov, 2002 yil 7 oktyabr) qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kishinyov konvensiyasi huquqiy muhofazaga kirish tartibini belgilaydi, o‘zaro huquqiy yordamning turli shakllari va turlarini, uni ko‘rsatish tartibi va shartlarini, sud qarorlarini o‘zaro tan olish va ijro etishni o‘z ichiga oladi.