«O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi» bayramiga bag‘ishlab, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport texnika klubiga qarashli kartadromda karting bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi final musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Musobaqada Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 120 nafardan ziyod 7 yosh va undan yuqori bo‘lgan (4 nafar qizlar) sportchilar ishtirok etdilar.

G‘oliblarga «Vatanparvar» tashkilotining esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlar hamda Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport texnika klubiga ikki dona karting sport texnikasi topshirildi.