Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda deputatlar tomonidan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibida Bo‘zatov tumaninituzish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakatining telegramdagi kanali orqali xabar berildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Kegeyli tumani «Qusqanatov», «Yerkindarya», «Aspantay» ovullarining, «Bo‘zatov» shaharchasining hamda Chimboy tumani «Ko‘k-suv» ovulining hududlarini birlashtirib, Bo‘zatov tumanini tuzish bo‘yicha taklifi ma’qullandi.

Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga yuborildi.