Hukumatning 2019 yil 27 avgustdagi qarori bilan Komil Kayumovich Rashidov bosh vazir maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozim Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi farmoni bilan kiritilgan edi.