26 avgust kuni xalq deputatlari Andijon shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» nashri xabar berdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rilib, Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Bahromjon Nosirboyevich Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi.

Bahromjon Haydarov 1972 yil tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi. U 2018 yil fevral oyidan buyon Andijon viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.