O‘zbekistonda Oliy Majlis Senati tomonidan qonunlarning ma’qullanishi va rad etilishi jarayonlari takomillashtiriladi. Bu haqda payshanba kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva jurnalislar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

«Gazeta.uz» muxbiri parlament yuqori palatasi ma’qullagandan keyin qonunga o‘zgartish kitirilganiga oid ikkita holatni sanab o‘tdi. Ular — reproduktiv salomatlik to‘g‘risidagi qonun (Senat ma’qullagan va prezident imzolagan talqinlari) hamda yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish to‘g‘risidagi qonun (Senat — yakuniy talqin).

Senat reglamentining 26-moddasiga muvofiq, Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston prezidentiga yuboriladi. Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qarorida rad etish vajlari ko‘rsatilishi kerak. Unda bir vaqtning o‘zida qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish zarurligi to‘g‘risidagi, shuningdek kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin. Senatning qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.

Tanzila Norboyevaning fikricha, Senat tasdiqlaganidan so‘ng matnga jiddiy o‘zgartishlar kiritilishi — noto‘g‘ri.

«Biz joyimizda turmasligimiz kerak. Mutlaqo noto‘g‘ri, jiddiy o‘zgartish kiritilsa, bu takroran ovozga qo‘yilishi kerak. texnik xatolar, nuqtalar, vergul, bu — tushunrali. Birok agar jiddiy o‘zgarishlar bo‘lsa, albatta noto‘g‘ri», — dedi u.

Senat rahbari hozirda qonunlarni ma’qullash va rad etish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

«Senatning 20-yalpi majlisiga qadar biz navbatdagi senatorlik va deputatlari chaqiriqlari xatolarsiz o‘tishi uuchn takliflarni tayyorlaymiz. [Qonun loyihasi] yo rad etiladi yoki qabul qilinadi. Agarda o‘zgartish kiritish kerak bo‘lsa, bu qonuniy yo‘l bilan Senatga taqdim etilishi lozim. Biz hozirda buning ustida ishlamoqdamiz», — dedi Tanzila Norboyeva.