22 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiyaning mamlakatdagi faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmorni qabul qildi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida vazir elchining muvaffaqiyatli faoliyatini yuqori baholadi va uning ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, Abdulaziz Kamilov Fransiya elchixonasi va shaxsan Violen Biyet de Vilmorning O‘zbekistondagi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaganini qayd etdi.

Violen Biyet de Vilmor 2016 yilning kuzida Fransiya elchisi etib tayinlangan edi.