O‘zbekiston hukumati 20 avgust kuni elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqladi, deya xabar qildi Adliya vazirligi Telegram-kanalida.

1 noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi yuridik shaxslar uchun — 4 yil, jismoniy shaxslar uchun — 8 yilni tashkil etadi.